"UzAuto Motors" sotiladigan böldi
23-04-2025, 11:37
1 105 марта

"UzAuto Motors" sotiladigan böldi
“UzAuto Motors”, “UMS”, 10 ta “IES” va yana bir qator yirik korxonalar sotuvga qöyiladi.
Özbekistonda davlat iştirokidagi yirik korxonalar xalqaro bozorlarda xususiylaştiriladi. Bu haqda 21 aprel kuni prezidentning tegişli qarori qabul qilindi.
Unga köra, 29 ta davlat iştirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aktsiyalar paketi (uluşlari) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga çiqariladi.12 ta davlat iştirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aktsiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamçi (IPO) va (yoki) ikkilamçi (SPO) ommaviy taklifi ötkaziladi
Quyida savdoga çiqariladigan korxonalar sotiladigan uluşi bilan keltirildi:
Universal Mobile Systems MÇJ — 100 foiz;
UzAuto Motors AJ — 99,7 foiz;
UzAuto Motors Powertrain AJ — 100 foiz;
“Özbekinvest” EISK AJ — 75,24 foiz;
“Özagrosuğurta” AJ — 99,35 foiz;
Uzbekistan GTL MÇJ — 100 foiz;
“Özbekgidroenergoquriliş” AJ — 96,7 foiz;
“Transgazmaxsusquriliş” AJ — 77,6 foiz;
“Maxsusenergogaz” AJ — 41 foiz;
Töraqörğon, Yangi Angren, Angren, Sirdaryo, Toşkent, Navoiy, Taxiatoş IES — 100 foiz;
Muborak, Farğona issiqlik elektr stantsiyalari — 100 foiz;
Texnopark MÇJ — 100 foiz;
Uzbek Leasing International AJ — 45,5 foiz;
“Özagrolizing” AK — 97,5 foiz;
“Toşkent traktor zavodi” MÇJ — 100 foiz;
“Şerobod tsement zavodi” MÇJ — 100 foiz;
“Yölquriliş” AJ — 100 foiz;
“Özsuvquriliş” AJ — 100 foiz;
“Şarğunkömir” AJ — 99,93 foiz;
“Özmetkombinat” AJ — 91 foiz;
“Navoiyazot” AJ — 75 foiz.
2025 yil 1 iyulgaça Energetika vazirligi yoqilği yetkazib berişning eng kam miqdori böyiça kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stantsiyalarining oçiq ommaviy savdolarini elon qiladi.
Bundan taşqari, 2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgaça davlat korxonalarini isloh qiliş va xususiylaştiriş strategiyasi işlab çiqilişi taminlanadi.