Bakalavriatga qabul qiliş tartibi özgardi
16-09-2025, 16:05
182 марта
Bakalavriatga qabul qiliş tartibi özgardiBu böyiça hukumatning «Oliy talim taşkilotlarining bakalavriatiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi nizomi tasdiqlandi. Nizomga köra, oliy talim taşkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida öqişga qabul qilinadi:
- Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yönalişlari böyiça davlat granti, jumladan, talim granti asosida;
- Özbekiston Respublikasi talim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.
Kiriş imtihonlari 2 bölimdan iborat böladi:
- 1-bölim – barça bakalavriat talim yönalişlari uçun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va Özbekiston tarixidan test sinovlari;
- 2-bölim – abituriyent tanlagan bakalavriat talim yönalişiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki talim yönalişiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.
Qabul jarayoni ham 2 bosqiçda amalga oşiriladi:
- 1-bosqiçda 5 iyundan 25 iyungaça test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, talim tili va test topşiriş hududi;
- 2-bosqiçda test sinovi yakunlangaç, 15 kun davomida oliy talim taşkiloti, bakalavriat talim yönalişi, talim şakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.