Özbekistonda tuman va mahallalarni rivojlantiriş uçun 5 trln söm ajratiladi
17-09-2025, 11:37
323 марта

Özbekistonda tuman va mahallalarni rivojlantiriş uçun 5 trln söm ajratiladi
Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi çoğida Norin tumanidagi “Şörariq” mahallasiga kirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu mahallaning şaroiti oğir, içki yöllar tamirtalab, köça çiroqlari va lotoklar yöq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yaşaydi, şundan 62 ta oila kambağal, 118 nafar fuqaro işsiz va 157 odam migratsiyada. Prezident hududdagi muammolar böyiça aholi fikrlarini eşitdi.
“Endi bu mahallani tubdan özgartirib, “Yangi Özbekiston” nafasini olib kiramiz. Köçalar obod qilinib, qiyofasi yangilanadi. Odamlarning yaşaşi, sayr qilib, bolalari bilan dam olişi uçun munosib şaroitlar böladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Uşbu mahallaga şahar muhitini olib kiriş va tadbirkorlik uçun şaroitlarni yaxşilaş böyiça master-reja işlab çiqiladi. U asosida joylar tayyor loyiha va infratuzilma bilan taşabbuskorlarga taklif etiladi. Natijada mahallaning salohiyati oşib, atrofdagi 5 ta mahalla uçun markazga aylanadi.
Zamonaviy mahalla guzari va sayilgoh barpo etiladi, bolalar va sport maydonçalari, kutubxona, kasb va til örgatiş markazi, bank şoxobçasi taşkil qilinadi. Maktab va boğçalar davlat investitsiya dasturi doirasida kapital tamirlanadi. Köçalar asfaltlanib, manzarali va mevali daraxtlar, gul köçatlari ekiladi. Eskirgan va hosildorligi past boğlar töliq yangilanadi. Ijtimoiy şartnoma asosida odamlar öz uylarini tartibga keltiradi.