USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston harbiylari xalqaro merganlar musobaqasida birinçi örinni oldi

143 марта

Özbekiston harbiylari xalqaro merganlar musobaqasida birinçi örinni oldi

Özbekiston merganlari Janubiy Koreyada ötkazilgan “II Xalqaro merganlar musobaqasi”da birinçi örinni oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Koreyaning Geonggi provintsiyasi Gvangju şahrida 8—15 sentyabr kunlari Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuçlari qömondonligi tomonidan taşkil etilgan uşbu musobaqada Özbekiston Mudofaa vazirligi merganlari iştirok etdi.
Mazkur musobaqada 10 ta davlatdan jami 54 ta merganlar jamoasi qatnaşdi.
  • Özbekiston - 2 ta jamoa;
  • AQŞ — 2 ta jamoa;
  • Germaniya — 2 ta jamoa;
  • Ruminiya — 1 ta jamoa;
  • Birlaşgan Arab Amirligi — 2 ta jamoa;
  • Qatar — 2 ta jamoa;
  • Vetnam — 2 ta jamoa;
  • Tailand — 2 ta jamoa;
  • Möğiliston — 1 jamoa;
  • Janubiy Koreya — 38 ta jamoa.
Foto: Mudofaa vazirligi
Malum qilinişiça, musobaqa şartlari tungi va kunduzi vaqtda bajariladigan maxsus taktik maşqlardan iborat bölib, unda jamoalardan pistolet, avtomat va merganlik qurollaridan moxirona foydalangan holda şahar, toğ va örmon şaroitida turli masofadagi nişonlarga aniq öq otiş talab etildi.
Foto: Mudofaa vazirligi
Özbekiston jamoasi musobaqaning yakuniy natijasiga köra xorijiy davlatlarning 16 ta merganlar jamoasi orasida faxrli birinçi örinni qölga kiritdi:

  • 1-örin: Özbekiston — 539.5 ball;
  • 2-örin: Vetnam — 534.7 ball;
  • 3-örin: AQŞ — 519.0 ball.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: