USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Diplomatik bezbetlik». Özbek jamoatçiligi Sergey Lavrovning til masalasidagi sözlarini qanday qarşiladi?

914 марта


Özbekistondagi ayrim jamoatçilik faollari Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Samarqanddagi «Motamsaro ona» yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yöqligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi. Ularda, asosan, mustaqil mamlakat öz hududidagi obidalarda qaysi tilda yozişini özi hal qilişi eslatilgan.


Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Samarqandga kelib, «Motamsaro ona» yodgorligi yozuvlari orasidan rus tilini qidirgani va uning sözlari Özbekistonda jamoatçilik muhokamasiga sabab böldi.

Yodgorlikning ikki yon tomonidagi yozuvlar — özbek va ingliz tillarida bitilgan. Rossiya TIV rahbarining takidlaşiça, yodgorlik yonida halok bölgan askarlarga atalgan xotira sözlari faqat ingliz tiliga tarjima qilingan, xolos. «Inglizlar sizga qanday kelib qolişdi? Qarasam, inglizça yozuv», — deb söradi u ekskursovodga yuzlanib. «Bu yerda barça tillarda bor, umuman olganda. Turizm şahri», — deb javob berildi xorijlik vazirga. «Rusçani körmayapman», — deya javob qaytardi Lavrov.

«Nega Lavrovning haddi siğyapti?»

«Lavrov suveren davlatga jamoat joylaridagi yozuvlar qaysi tilda bölişi kerakligi haqida aql örgatgani kelganmi? Deylik, Özbekiston taşqi işlar vaziri Rossiyaga borsa va u yerdagi Ikkinçi jahon uruşiga bağişlangan yodgorliklarda nega özbekça yozuvlar yöqligi haqida savol bersa, qanday javob olardi? Bunday savol berişga haddi siğarmidi özi? Unda nega Lavrovning haddi siğyapti?» — deb yozdi talim böyiça ekspert, jamoatçilik faoli Komil Jalilov.

«Suveren davlatga jamoat joylaridagi yozuvlar qaysi tilda bölişi kerakligi haqida aql örgatmoqçi bölgan Lavrov, özining boşliği bilan bir qatorda, Gaagadagi maxsus xalqaro tribunal gumonlanuvçisi hisoblanadi», deya eslatgan Jalilov "munosabatlarda ham gigiyena muhimligini unutmaslikka" çaqirdi.

«Mustaqil davlat ekanimiz esingizdan çiqmasin»

Jurnalist Muhrim Azamxöjayev «Bizning vallomatlar endi butun Özbekistondagi hamma obidalariga rusça yozuvlar qöşib çiqmasa edi», deb yozdi.

«Odamning jahli çiqadi-e — nima işing bor sening yozuvlar qaysi tilda yozilib-yozilmagani bilan, a? Oşingni ye, hujjatingni töğrila-da, ket, tamom… Bitta Lavrovning gapi bilan, u hojasi Putinga borib şikoyat qilgani bilan osmon uzilib yerga tuşmaydi — keragi yöq joylarga ham rusça yozuvlarni qöyib çiqiş yoki inglizçasi örniga rusçasini qöyib çiqiş şart emas. Sal dadilroq, mardroq bölaveringlar, Xudo xayringlarni bersin…», — dedi u.

«Diplomatik bezbetlik»

«Endi bir kami senga hisob berişimiz qoluvdi. Rus tilidagi yozuvni borib Rossiyangdan qidirasan. Rossiya mulozimining gaplarini men diplomatik bezbetlik, deb qabul qildim. Heç bölmasa, taklif sifatida „rus tilida ham matn bölsa, xursand bölardik“ desa ham mayli ekan. Xuddi „yuqoridan“ tekşiruvçi kelgandek, „qani rusçasi?“ deb söroqqa tutişiga ölaymi», — dedi huquqşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Uning fikri ham yuqoridagiga öxşaş: «Işqilib, biznikilar şoşa-pişa rusça matn qöyişmaydi, degan umiddaman. Özbekça va inglizça matn juda töğri qaror bölgan. Özgartiriş şart emas, menimça».

«Koloniya emasmiz»

«Har bir mamlakat özining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozişini faqat özi hal qiladi. Çetdan kelib, boşqa davlatning taşqi işlar vaziri bizni tanqid qilişi notöğri. Zero, biz ularning koloniyasi emasmiz!» — deb yozdiÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja.
Uning takidlaşiça, «bizning vazirlar ham Rossiyaga borganda bazi masalalar böyiça Lavrov kabi dadil savol berişni örganişlari kerak».

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: