Maşinalarni ekologik sertifikatlaştiriş bekor qilindi
22-09-2025, 11:24
276 марта
Maşinalarni ekologik sertifikatlaştiriş bekor qilindi"Respublikada ğildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Hukumat qaroriga köra, avtomobillarni ekologik sertifikatlaştiriş bekor qilindi.
2022 yildan buyon Özbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi ğildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlaş tartibi töğrisidagi nizomga köra, yuridik va jismoniy şaxslar Özbekistonga olib kiriladigan ğildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi böyiça ekologik sertifikatlaş hujjatlarini “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali yoki töğridan-töğri sertifikatlaş organiga takdim etişlari zarur edi.