Özbekistonda 2025/2026 öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
23-09-2025, 11:08
1 118 марта
Özbekistonda 2025/2026 öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandiOliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati 2025/2026 öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlanganini elon qildi.
Bu böyiça Özbekiston talim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi majlisining tegişli bayoni qabul qilindi.
Quyidagi jadvalda 2025/2026 öquv yilidan boşlab mamlakat davlat OTMlarida bakalavriat talim yönalişlari (magistratura mutaxassisliklari) böyiça bir nafar talabani bazaviy tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymati keltirildi.
Stipendiyali tölov-kontrakt miqdori amaldagi stipendiya miqdorini 12 oyga köpaytirgan holda qöşib hisoblanadi. Prezident farmonlariga muvofiq, öquv yili davomida stipendiya miqdori oşirilganda, bir talabaning stipendiyali öqitiş qiymati miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib çiqib öquv yili oxirigaça oşiriladi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy talim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2025/2026 öquv yilida qabul qilingan talabalar uçun tölov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilaş huquqiga ega.Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizini tölaş muddati 2025 yil 30 oktyabrgaça uzaytirildi.