Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov örtasida uçraşuv ötkazildi
24-04-2025, 13:19
194 марта

Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov örtasida uçraşuv ötkazildi
Samarqand şahrida Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov örtasida uçraşuv ötkazildi.«Bugun Samarqand şahrida Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri, hamkasbim Sergey Lavrov janoblari bilan samarali uçraşuv ötkazib, köp qirrali hamkorligimizning keng doirasidagi masalalarni muhokama qildik. Uçraşuvda Oliy darajada erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosiga alohida etibor qaratildi», — deb yozdi Saidov öz telegram-kanalida.
Takidlanişiça, ikki davlat rahbarlari tomonidan ittifoqçilik munosabatlari va strategik şeriklikni mustahkamlaş, siyosiy muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, madaniy va gumanitar boğliqliklarni çuqurlaştiriş hamda köp tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettiriş böyiça berilgan topşiriqlarni amalga oşirişda taşqi siyosat idoralari örtasida yaqin hamkorlikni davom ettirişga kelişildi.
Bundan taşqari, uçraşuvda talim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytirişga alohida urğu berilgan. Özbekiston va Rossiya örtasidagi özaro investitsiyalarni rağbatlantiriş va biznes aloqalarni faollaştiriş yöllari muhokama qilingan.