Turkman xalqining milliy yetakçisi "Oliy Darajali Döstlik" ordeni bilan mukofotlandi
24-04-2025, 15:27
135 марта
Turkman xalqining milliy yetakçisi "Oliy Darajali Döstlik" ordeni bilan mukofotlandi Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti - "Oliy Darajali Döstlik" ordenini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Davlatimiz rahbari mukofotni topşirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi ananaviy döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.
- Qardoş Turkmanistonning barça ulkan yutuqlari, keng kölamli yangilanişlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalişi sizning nomingiz bilan çambarças boğliq, - dedi Özbekiston Prezidenti.
Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror ösişi taminlanmoqda, aholi farovonligi izçil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakçisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taminlaş yölidagi xalqaro taşabbuslarni alohida qayd etdi.
Şu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025 yilni "Tinçlik va işonç yili" deb elon qiliş töğrisidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qöllab-quvvatlangani takidlandi.
Turkmaniston yetakçisining şaxsiy say-harakatlari tufayli Özbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga çiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani takidlandi.
- Şaxsan sizning kömagingiz bilan 2017 yilda davlatlarimiz strategik şerikligining mustahkam asosi yaratildi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, işbilarmonlari, jamoatçiligi, ziyolilari va yoşlari örtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça dastur va loyihalar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboşlaş bir neça barobar köpayib, 1 milliard dollardan oşdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak etirofga loyiq. Masalan, ötgan yili Aşxobod va Toşkentda Maxtumquli asarlarining özbek tilidagi töplami taqdimot qilindi, şuningdek, Aşxobod xalqaro kinofestivalida özbek-turkman badiiy filmining premerasi bölib ötdi.
Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Respublikasining oliy mukofoti topşirilişi köp millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakçisi va memori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi bölgani takidlandi.







