“Işonçim komil, yaqin kelajakda har bir öqituvçi munosib maoş oladi” — Saida Mirziyoyeva
1-10-2025, 12:51
199 марта
“Işonçim komil, yaqin kelajakda har bir öqituvçi munosib maoş oladi” — Saida MirziyoyevaPrezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva öqituvçi va murabbiylarga tabrik yölladi.
Saida Mirziyoyeva öqituvçilarning zahmatli mehnati va fidoyiligi uçun minnatdorlik bildirib, sönggi yillarda hukumat tomonidan pedagoglar hayoti va faoliyatini yengillaştirişga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinganinitakidladi.
“Qadrli öqituvçilar, aziz ustozlar!
Bu yil sizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, zahmatli mehnatingiz va fidoyiligingiz uçun minnatdorlik bildiriş, fursatdan foydalanib, hukumatimiz pedagoglar hayoti hamda faoliyatini yengillaştiradigan köplab qarorlarni qabul qilganini aytib ötiş menga alohida mamnuniyat bağişlamoqda
Pedagoglar uçun imtiyozli ipoteka va talim kreditlari joriy etildi, farzandlaringiz oliy öquv yurtlariga öqişga kirişida yordam körsatiladigan böldi, imtiyozli aviaçiptalar, davlat xizmatlari tölovlarini ikki barobar kamaytiriş kabi qulayliklar yaratildi. Endilikda sertifikatga ega öqituvçilarga har oy 50 foizgaça ustama beriladi”, deyiladi tabrikda.
Tabrikda, şuningdek, yaqin kelajakda har bir öqituvçining munosib maoş olişi va bu kasbning obrösi yanada oşişiga işonç bildirilgan:
“Işonçim komil, yaqin kelajakda har bir öqituvçi munosib maoş oladi, bu kasbning obröyi esa yanada baland böladi. Bundan keyin ham jonajon Özbekistonimizda hamma — birinçi sinf öquvçisidan tortib, prezidentgaça öqituvçi kirib kelganida örnidan turib, doimo ehtirom körsatişini istardim!
Bayramingiz muborak bölsin, aziz ustozlar! Hamişa yonimizda bölib, bizni töğri yölga boşlang”.