Ota öz farzandining qotiliga aylandi
2-10-2025, 13:45
1 087 марта

Ota öz farzandining qotiliga aylandi
2024 yilning 16 fevral kuni. Keçki soat 19:00 lar atrofi. Surxondaryo viloyati, Şerobod tumani içki işlar bölimiga xabar kelib tuşdi. «Nurtepa mahallasida uç yoşli bola yöqolib qoldi... Tezroq yordamga kelsangizlar, iltimos...»Huquq-tartibot organlari xodimlari zudlik bilan çaqiriq kelib tuşgan manzilga yetib kelişgan. Uç yoşli bola E.Q.ning otasi D.Q.ning aytişiça, 2021 yilda tuğilgan öğli yaşaş uyidan çiqib ketib, qaytib kelmagan. Içki işlar xodimlari atrofni, qöni-qöşnilarning hovli-joylarini közdan keçirişgan. Şom paytida uç yoşli bolaning uydan çiqib ketişi hammani sergak torttirdi. Xodimlarga qöşilib, mahalla ahli ham bedarak yöqolgan bolani axtarişga çiqqan.
***
Surxondaryo viloyat prokuraturasi bölim boşliği Akram Çoriyevning söziga köra, uşbu xabar viloyat prokuraturasiga soat 22:00 lar çamasida kelib tuşgan. Tezkor-tergov guruhi bilan birgalikda voqea joyiga yetib borilgan. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respubikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasining tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazişga kirişilgan.
Surxondaryo viloyat prokuraturasi, viloyat içki işlar va tezkor-tergov guruhlari xodimlari bolaning ölimi bilan boğliq holat qotillik bölişi mumkinligiga gumon qilişgan. Çunki, ariqdan unça uzoq bölmagan joydan topilgan bolaning kiyimlari ayni qiş çillasida uning özi suvga tuşib ketganga öxşamas, balki, qasddan taşlanganga öxşagan. Haqiqat şunday bölib çiqqan: bolaning ölimida gumonlangan şaxs – uning öz otasi, D.Q. ekani aniqlangan.
Jinoyat işlari böyiça Şerobod tuman sudi hujjatlariga köra, D.Q. va Ş.Q. 2018 yilda turmuş qurişgan. Bir nafar farzandli bölişgan. Oradan vaqt ötib, oilaviy kelişmovçiliklar boşlangan. Doimiy nizolar, uruş va janjallar ayolning tinkasini quritgan. Ayniqsa, özaro işonçsizlik va ayblovlar tufayli Ş.Q. kelinlik uyidan çiqib ketib, ota uyiga qaytişga majbur bölgan. Özini oqlaşga urinmasin, xiyonat miş-mişlari yoş oilani barbod qilgan. 8 oy davomida ota uyida yaşab kelayotgan ayol oilasining ajrim yoqasiga kelganini anglagan va farzandi taminoti uçun sudga aliment uçun davo arizasi kiritgan.
Er-xotin orasidagi kelişmovçiliklar faqat bir-birlarining emas, bolaning taqdirini ham çirmab taşlagan. Bunga qöşimça, erning yonidagi «döstlari»ning: «Xotining senga xiyonat qilgan, öğling özingdanmi?!» —degan kinoyali sözlari otaning ongini zaharlagan. Bunday nojoiz savollar D.Q.ning yuragida şubha uyğotgan. Şubha esa aqlini yöqotar darajada kuçaygan...
Fojea kuni — 2024 yilning 16 fevralida D.Q. göyoki, özini «yaraşayotganday» körinişda turmuş örtoği va farzandini uyiga taklif qilgan. «Qayta hayot boşlaymiz!» — deya xotinini aldab, işontirib, ularni öziga tegişli bölgan «Damas» rusumli avtomaşinasida olib kelgan. Aslida, bu yaraşuv ortida oldindan rejalaştirilgan qotillik mavjudligini Ş.Q. xayoliga ham keltirmagandi.
Ota uyining bir xonasida öğlini çalğitiş maqsadida televizorda multfilm qöyib berib, eşikni qulflab çiqib ketgan. Xotinini esa boşqa bir xonaga qöyib, hovliga çiqişini qiyinlaştiriş maqsadida uning kiyimlarini xonaning har burçagiga otib yuborgan va göyoki, özi yuvinib keliş uçun ketayotgandek hovliga çiqqan. U yarim soatça oldin boşqa bir xonaga qamab qöygan farzandini xonadan olib çiqib, yaşaş uyining orqa tomonida bölgan mahalla ariğiga taşlab yuborgan.
Uç yoşli bolakay quvonçdan qöllarini otasiga çözib, unga qarab: «Dada» deb yugurdi. Ota esa közlari porlab turgan öğlini dast kötardi-da, hovlisining orqa tarafidan oqib ötuvçi ariqqa otib yubordi. Sovuq va muzday suvga otib yuborilgan bola avvaliga talmovsiradi, keyin tipirçilab, otasidan najot tilab, unga olazarak tikildi. Qöl va oyoqçalari bilan suvni şalpillatib har yoqqa soçib, talpinib, biğillab yiğladi... Bu paytda şafqatsiz ota voqea joyidan uzoqlaşib bölgan edi...
Şerobod tuman prokuraturasi hamda içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyatga oid xatti-harakatlar batafsil örganilib, tergov qilingan. Dalillar yiğilgan. Guvohlar söralgan. Ekspertiza xulosalari asosida D.Q.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (kasddan odam öldiriş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işlari böyiça Şerobod tuman sudi raisi Tölqin Töraqulovning bildirişiça, sud tomonidan ayblanuvçining qilmişiga yaraşa huquqiy baho berilgan. U 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan