Özbekistonga qarindoşlarini yöqlab 5 milliondan ortiq xorijlik kelgan
6-10-2025, 16:12
241 марта
Özbekistonga qarindoşlarini yöqlab 5 milliondan ortiq xorijlik kelgan 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami qariyb 5,2 mln nafar xorijlik qarindoşlarini yöqlaş uçun Özbekistonga taşrif buyurgan.
Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,2 mln nafarga (28,9 foizga) köp (https://stat.uz/oz/matbuot-markazi-2/qo-mita-yangiliklar-2/64334-zbekistonga-eng-k-p-ajsi-davlatlardan-arindoshlarini-j-lash-uchun-kelishadi).
Ötgan 8 oyda Özbekistonga eng köp – Qirğiz Respublikasi (1,8 mln), Qozoğiston (1,5 mln), Tojikiston (1,4 mln), Rossiya (353,7 ming) hamda Turkiya (30 ming) davlatlari fuqarolari qarindoşlarini yöqlaş uçun kelgan.
Röyxatda, şuningdek, Koreya (3,3 ming), Germaniya (2,7 ming) va Buyuk Britaniya (1,4 ming) davlatlaridan kelgan fuqarolar ham bor.