Saida Mirziyoyeva Nukusdagi «Salomatlik marafoni»da iştirok etdi
7-10-2025, 13:41
110 марта

Saida Mirziyoyeva Nukusdagi «Salomatlik marafoni»da iştirok etdi
Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus şahrida ötkazilayotgan umummilliy «Salomatlik marafoni» tadbirlarida iştirok etdi.Uşbu tadbir doirasida Nukus şahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholi diagnostikadan ötkazilmoqda.
Şuningdek, bemorlarni yönaltiriş va raqamlaştiriş tizimi joriy etilmoqda. Şifokorlarning hamkorlikdagi say-harakatlari va AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI, AI Mammo singari suniy intellekt yeçimlari joriy etilişi natijasida yanada tezkor va aniq tibbiy yordam körsatiş imkoni yaratilyapti.
Atigi tört kun içida qariyb 12 ming nafar fuqaro körikdan ötdi, şulardan 1 700 dan ortiği çuqur tekşiruvlardan ötkazildi, 116 nafari esa davolanişga yönaltirildi.
«Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bölimida murakkab operatsiyalarni boşdan keçirgan kiçik bemorlar bilan uçraşib, suhbatlaşdik. Ularning matonati va samimiy tabassumlari beixtiyor har birimizni tasirlantirdi.
Ikkita yangi loyiha işga tuşirildi — raqamli oilaviy pasportni joriy etişga asoslangan «Oilaviy salomatlik maktabi» hamda yoşlar kömagida aholi tibbiy savodxonligini oşirişni közda tutuvçi «Salomatlik volontyorlari» şular jumlasidan», – deb yozadi Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari, şu bilan birgalikda, soğliqni saqlaşni zamon talablariga mos hamda har bir inson uçun qulay va foydali tizimga aylantirişni maqsad qilgan «Tibbiyot novatorlari» jamoasidagi yoş mutaxassislarga öz minnatdorligini bildirgan.