Özbekistonda eng köp Xitoy investitsiyasi özlaştirilmoqda
24-04-2025, 23:34
256 марта

Özbekistonda özlaştirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning uluşi yuqori ekani aytildi. Unga köra, bu sohada Xitoy yaqqol yetakçi.
Milliy statistika qömitasining dastlabki malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston Respublikasida asosiy kapitalga özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln sömni taşkil etgan.
Şundan asosiy kapitalga özlaştirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar uluşi 71 foizga yetgan.
Özlaştirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori uluşga ega bölgan investor davlatlar:
Xitoy – 33 foiz
Rossiya – 10 foiz
Turkiya – 5,2 foiz
Saudiya Arabistoni – 4,7 foiz
Niderlandiya – 3,7 foiz
Germaniya – 3,3 foiz.
Eslatib ötamiz, Xitoy şuningdek, taşqi savdoda ham Özbekistonning eng yirik hamkori sanaladi.