Özbekistonliklar eng köp qayerga safar qilayotgani malum böldi
13-10-2025, 13:11
1 104 марта

Özbekistonliklar eng köp qayerga safar qilayotgani malum böldi
Özbekiston fuqarolari eng köp qaysi davlatga sayohat qilayotgani aytildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi malum qildi.Malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda çet elga safar qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos darviga nisbatan qariyb 1,1 mln nafarga (26,8 %) oşgan.
Joriy yilning 8 oyida eng köp özbekistonliklar borgan davlatlar hamda ularning soni quyidagiça;
- Qirğiz Respublikasi — 2,3 mln nafar;
- Qozoğiston — 956 ming nafar;
- Tojikiston — 887,9 ming nafar;
- Rossiya — 312,7 ming nafar;
- Turkiya — 181,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;
- BAA — 94,2 ming nafar;
- Misr — 45,4 ming nafar;
- Vetnam — 28,5 ming nafar;
- Xitoy — 27,6 ming nafar;
- Boşqa davlatlar — 162,4 ming nafar.