9,1 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi
14-10-2025, 10:57
286 марта
9,1 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi“Özbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan boşlanğiç narxi 7,3 mlrd sömlik tanlov savdosi “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi talablariga zid ravişda ötkazilgan. Şuningdek, bir qator viloyat hududiy boşqarmalari tomonidan hududlarda qonunbuzilişi holatlari aniqlangan.
Jumladan, Qarşi davlat universiteti buyurtmaçiligida 250 mln sömga yaqin tanlov savdosida olib borilgan örganişlarda baholaş jarayonida noxolislikka yöl qöyilgan. Xususan, xarid komissiyasi iştirokçilar taqdim etgan hujjatlarni notöğri baholab, mavjud qonun talablarini buzgan.
Navoiy viloyat hududiy boşqarmasi tomonidan olib borilgan örganişlarda Özbekiston Respublikasi Mahallalar uyuşmasining Navbahor tuman bölimi tomonidan ötkazilgan 90 mln sömga yaqin bölgan 7 ta tanlov (tender) savdolarining barçasida qonunbuziliş holatlari mavjudligi malum bölgan.
Pop erkaklar muruvvat internat uyi buyurtmaçiligida 2024 yilda amalga oşirilgan davlat xaridlarida, internat uyi 2 ta lot böyiça boşlanğiç narxi 3.5 mln sömlik tovar, iş va xizmatlar sotib oliş böyiça amalga oşirilgan davlat xaridlarida qonunçilikda belgilangan tartibini buzgan.
Jizzaxda Foriş tumani hokimligi tomonidan “Maişiy texnika xarid qiliş” böyiça ötkazilgan boşlanğiç narxi 72 mln sömga yaqin tanlov savdoci yuzasidan örganişlar ötkazilganda, qonun talablari buzilganligi aniqlangan.
Farğonada esa, “Qamçiqavtoyöl” ixtisoslaştirilgan yöllardan foydalaniş korxonasi tomonidan boşlanğiç narxi 900 mln söm bölgan “Avtomobil yöllarida qişda sirpanişga qarşi qum mahsulotlari sotib oliş” uçun ötkazilgan eng yaxşi takliflarni tanlaş savdosida özaro affillangan “Sand and Gravel Wholesale” MÇJ va “Bus Park and Trading” MÇJ talabgor sifatida tijorat takliflarini topşirgan.
“Buxoro neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ tomonidan boşlanğiç narxi 500 mln sömlik ötkazilgan tanlov (tender) savdosining qonun talablariga mosligi yuzasidan örganiş işlarini olib borilganda, uşbu davlat xaridida “Etender. uzex. uz axborot portalida tanlaş hujjatlarida takliflarni baholaş mezonlari joylaştirilmagani hamda xarid komissiyasi tomonidan iştirokçilarning takliflarini texnik qismi baholaş mezonlarisiz baholanganligi malum böldi.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça aybdorlarga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatilgan.