"Yangilangan" Cobalt neça mln.sömgaça qimmatlaşi prognoz qilinmoqda?
14-10-2025, 19:42
2 264 марта
"Yangilangan" Cobalt neça mln.sömgaça qimmatlaşi prognoz qilinmoqda?Autostrada.uz naşri panel jihozlari va rulida özgarişlarga uçragan Cobalt 2025 narxlari 10 mln.sömgaça oşişi mumkinligini qayd etmoqda.
Naşrga köra, Cobalt 2025 narxlari Onix'dan oşib ketmasligi kerak va Cobalt Style AT 2025 155 mln.sömgaça, Cobalt Midnight 2025 165 mln.sömgaça yetişi mumkin. Hozirda uşbu versiyadagi Cobalt mos ravişda 147,9 mln.söm va 155,2 mln.söm turadi (oçiq kontraktatsiya yöq).
Ehtimolki, monopolist tez orada narxlar oşayotgani haqidagi xabarlarni elon qiladi va keyin 15 kun ötib, avvalgi yillarda bölgani kabi talatöp lotoreya — "onlayn kontraktatsiyani" oçadi.