USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Özbekiston Boş prokurorini mukofotladi

515 марта

Putin Özbekiston Boş prokurorini mukofotladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşevni “Döstlik” ordeni bilan mukofotladi. Putinning şu haqdagi tegişli farmoni elon qilindi.

Niğmatilla Yöldoşev 1962 yil 5 noyabr kuni Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining yurisprudentsiya fakultetini tamomlagan. U faoliyati davomida prokuratura tergovçisi, Boş prokuraturada boşqarma boşliği, Prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, Boş prokuror örinbosari, Adliya vaziri, Senat Raisi lavozimlarda işlagan.

2016 yil 2 sentyabrda Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin Konstitutsiyaga köra, Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Özbekiston Prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi. 2016 yil 8 sentyabr kuni esa Prezident vakolatlarini bajariş masuliyatini vaqtinçalik boş vazir Şavkat Mirziyoyevga topşirişini elon qilgan. 2019 yil 20 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan Boş prokuror etib tayinlangan. 

Özbekiston qonunçiligiga köra, Boş prokurorning vakolat muddati 5 yilni taşkil qiladi. Niğmatilla Yöldoşev vakolat muddati 2024 yilda tugagani sababli Boş prokuror lavozimini körib çiqiş masalasi Senatda muhokama qilinib, u lavozimga qayta tayinlandi. Joriy yil avgustda Yöldaşevga 2-darajali davlat adliya maslahatçisi maxsus unvoni berildi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: