Karimovning yaxtasiga yangi ega topildi
17-10-2025, 10:05
2 214 марта

Karimovning yaxtasiga yangi ega topildi
Rossiyalik milliarder oligarx Sulaymon Karimovga tegişli bölgan Amadea superyaxtasi yangi egasini topdi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.Naşrning yozişiça, AQŞ Adliya vazirligi 106 metrlik kemani 10 sentyabr kuni yakunlangan kimoşdi savdosiga qöyib, uni nomalum xaridorga sotgan. Auktsion Floridada joylaşgan National Maritime Services kompaniyasi tomonidan ötkazildi. Tranzaktsiya summasi oşkor etilmadi. Amadea’ning qiymati 300 million dollarga baholangan, ammo yaqinda mustaqil baholaş uni 230 million dollarga tuşirgan. AQŞ rasmiylari Amadea’ni iloji boriça tezroq sotişga intildi, çunki yaxtani saqlaş soliq tölovçilarga ekipaj, yoqilği va suğurta uçun oyiga qariyb 1 million dollarga tuşadi.
Musodara qilingan yaxtaga egalik qiliş xavf tuğdiradi, çunki egalik huquqi bahsli bölişi mumkin.
Yaxta 2022 yilning bahorida AQŞ talabiga binoan Fijida hibsga olingan va San-Diyegoga olib ketilgan. Karimovning özi yaxtaga egalik qilişini rad etgan. Biroq AQŞ Adliya vazirligi sudga ekipaj körsatmalari va milliarder Amadea yaxtasining birinçi yölovçisi bölganini körsatadigan yozuvlarni taqdim etdi. Elon qilingan malumotlarga köra, yaxtaning intereri Karimovlar oilasining şaxsiy iltimosiga köra tamirlangan, pitstsa peçi va kurortlar örnatilgan. Ekipaj azolaridan biriga yaxtada milliarderning sevimli Nike krossovkalaridan bir juftini doimo olib yuriş buyurilgan.
Doğistonlik Federatsiya Kengaşi azosi Sulaymon Karimov 2018 yilda “Prezident Vladimir Putin rejimidan manfaatdor bölgan va Rossiyaning ğarazli faoliyatini ilgari surişda muhim rol öynaydigan” senator sifatida AQŞ tomonidan sanktsiyalangan edi. Şunga qaramay, AQŞ Adliya vazirligiga köra, 2021 yilda milliarder Amadea’ni işonçli şaxslar orqali sotib olişga rozi bölgan.
Rasmiy ravişda yaxta sotişdan 30 kun oldin röyxatga olingan Millemarin Investments Ltd. mulkiga aylandi. Kelişuvda Errigan Marine kompaniyasi ham iştirok etdi, uning nominal egasi ruxsat etilgan yaxta brokeri Imperial Yaçts boş direktori Yevgeniy Koçman.
AQŞ Adliya vazirligi bergan malumotga köra, 2021 yilning oktyabr oyidan yaxta Fiji hukumati tomonidan tortib olingunga qadar Karimov va uning oila azolari Amadea bortida bir neça bor sayohat qilgan, yaxtani keng kölamli modernizatsiya qilişni rejalaştirgan, uzoq muddatli sayohatlar jadvalini tuzgan, şuningdek, barça texnik xarajatlarni öz zimmasiga olgan, unga 2 million dollar sarflagan.