Mirziyoyev Özbekiston xalqini tabrikladi
21-10-2025, 20:50
452 марта
Mirziyoyev Özbekiston xalqini tabrikladiPrezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 21 oktyabr – özbek tili bayrami kuni bilan özbekistonliklarga bayram tabrigi yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari öz tabrigida uşbu bayram arafasida qabul qilingan “Davlat tilini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida körsatib ötilgan asosiy maqsad va vazifalarni öz vaqtida, samarali amalga oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanini aytgan. Prezident ayniqsa, uşbu qaror bilan tasdiqlangan “2020–2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş kontseptsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oşiriş dasturi”ni hayotga joriy etişda nafaqat masul va mutasaddi taşkilotlar, balki barça faol iştirok etişi zarurligini qayd etgan.
“Yangi Özbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidan mustahkam örin olgan qutluğ sana – özbek tili bayrami kuni bilan siz azizlarni, butun xalqimizni, çet ellardagi barça yurtdoşlarimizni çin dildan samimiy muborakbod etaman”, deyiladi tabrik matnida.Özbekiston yetakçisi suniy intellekt tasiri ortib borayotgan bir paytda bu qudratli vosita yordamida ona tilini rivojlantiriş va tarğib etiş – davr talabi ekanini takidladi.
“Özbek tilining boy imkoniyatlari asosida xalqimiz tafakkuriga mos va jozibador milliy brendlar yaratiş, mahsulotlarimizni taşqi bozorga olib çiqiş marketing sohasida asosiy yönalişga aylanişi zarur. Bu borada vatanparvar tadbirkorlarimiz alohida jonbozlik körsatadilar, deb işonaman”, deydi u.