Xiva National Geographic tomonidan sayohat uçun eng yaxşi yönalişlar röyxatiga kiritildi

National Geographic jurnali muharrirlari, fotosuratçilari va izlanuvçilari tomonidan tanlab olingan 2026 yilning eng yaxşi sayohat yönalişlari röyxatini elon qildi. Ular orasida Xorazm viloyatining Xiva şahri ham bor.
«Samarqand va Buxoro maşhurlik çöqqisida bölsa, Xiva ötmişga yanada haqiqiy va xotirjam sayohatni taklif etadi. Yozda Toşkentdan tezyurar poyezd qatnovi yölga qöyiladi - u yölni ikki baravar qisqartiradi», deyiladi xabarda.
Naşr sayyohlarga «tamirlangan saroylari, masjidlari va minoralari bilan maşhur qadimiy Içan qala (YuNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan) bilan tanişiş, noyob festivallar – lazgi raqsi, bahodirlar öyinlari yoki qovun saylini tomoşa qilişni» tavsiya etgan.
2026 yilning eng yaxşi sayohat yönalişlari orasida Kanadaning Kvebek provintsiyasi, Xitoyning Pekin şahri, Dominika orollari, Marokaşning Rabot şahri, Britaniyaning Hall şahri, Şimoliy Dakotadagi (AQŞ) Bedlends milliy parki, Filippinning Manila şahri, Turkiyaning Qora dengiz qirğoği, Ruandaning Akagera milliy parki, Kanadaning Vankuver şahri, Yaponiyaning Yamagata prefekturasi, Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahri, Fiji orollari va boşqalar bor.