Özbekistonda “yaşil” energiya uluşi 23 foizga yetdi
23-10-2025, 21:01
94 марта
Özbekistonda “yaşil” energiya uluşi 23 foizga yetdi22 oktyabr soat 19:00 holatiga köra, Özbekistondagi quyoş va şamol elektr stantsiyalari tomonidan yil boşidan buyon işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 9 mlrd kWh'ga yetdi.
Energetika vazirligi xabariga köra, bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bölgan 12 ta quyoş fotoelektr stantsiyasi va 5 ta şamol elektr stantsiyasi işlab turibdi.
“Yaşil” energiya hisobidan 2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga çiqişi mumkin bölgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Joriy yil boşidan 22 oktyabr soat 19:00 holatigaça Özbekistondagi barça gidroelektr, quyoş va şamol stantsiyalari jami 14 mlrd 520 mln kWh elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 23 foiziini “yaşil energiya” taşkil etayotganini anglatadi. Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.