Özbekistonda Škoda poyezdini yiğiş yölga qöyilişi mumkin

Çexiyaning Škoda Group kompaniyasi Özbekiston bozoriga kiriş böyiça strategik rejasini taqdim etdi.
Kompaniya boş direktori Petr Novotni 24 oktyabr kuni Bryusselda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi işbilarmonlik muzokaralarida iştirok etdi.
Qayd qilinişiça, Škoda kompaniyalar guruhi Markaziy Osiyo bozoriga yönaltirilgan faoliyatini davom ettirmoqda va Özbekiston bilan hamkorlikni çuqurlaştirmoqda.
Uçraşuvda Škoda Group qöşma korxona orqali Özbekiston bozoriga kiriş böyiça strategik rejasini taqdim etdi. Rejalarga köra, qöşma korxona faoliyati uçta asosiy yönalişga qaratiladi:
- temir yöl transportini mahalliy yiğiş;
- transport vositalarining butun hayotiy tsikli davomida texnik xizmat körsatiş va tamirlaş;
- mahalliy talim va kasbiy rivojlaniş uçun Škoda akademiyasini taşkil etiş.
«Uç yönalişning har biri Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi yangi bitim hamda «Evropa global darvozasi» strategiyasini amalga oşiriş yölidagi aniq qadamdir. Biz Özbekistonga yevropalik işbilarmon hamkorlarning yangi investitsiyalari uçun oçilayotgan mamlakat sifatida qaraymiz. U uzoq vaqtdan beri bizning strategik ambitsiyalarimiz kontekstida etiborimiz markazida bölib kelmoqda. Şuning uçun biz mahalliy bozorda barqaror transport, talim va texnologik modernizatsiyani rivojlantirişga hissa qöşiş imkoniyatini qizğin olqişlaymiz», dedi Petr Novotni.
Xabarga köra, uçraşuv davomida Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Škoda Group kontserni vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi. Temir yöl va şahar transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.