Mirziyoyev Qatarga jönab ketdi
3-11-2025, 22:41
88 марта

Mirziyoyev Qatarga jönab ketdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan bugun, 3 noyabr kuni amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taşrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Doha şahrida Ijtimoiy rivojlaniş böyiça ikkinçi Jahon sammitida iştirok etadi. Ijtimoiy rivojlaniş böyiça Jahon sammiti davlatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va işbilarmon doiralar örtasidagi konstruktiv muloqot uçun muhim platforma bölişga qaratilgan.
Forumning asosiy maqsadi qaşşoqlikka barham beriş böyiça global say-harakatlarni faollaştiriş, töliq va samarali bandlikka kömaklaşiş, munosib mehnat şaroitlarini taminlaş hamda zamonaviy tahdidlar va özaro boğliqlik şaroitida ijtimoiy integratsiyani kengaytirişdan iborat.
Sammit yakunida barqaror va inklyuziv ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini amalga oşiriş borasida xalqaro şeriklikni yanada mustahkamlaş hamda özaro kelişilgan yondaşuvlarni rivojlantirişga qaratilgan Doha deklaratsiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan.