USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi tuşişi kutilmoqda

137 марта

1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi tuşişi kutilmoqda

Prezidentga farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş, sohaga investitsiyalarni jalb qiliş, “Taşkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oşirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni taminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimot qilindi.

Taqdimotda qayd qilinişiça, tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 5 trillion sömlik mahsulotlar işlab çiqarildi, 172 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi hamda 286 million dollar investitsiya, şundan 257 million dollar xorijiy sarmoyalar özlaştirildi. Sifat va xavfsizlikni taminlaş maqsadida dori vositalarini işlab çiqaruvçi 61 ta korxonada GMP, 486 ta distribyutorlar omborida GDP hamda 9450 ta dorixonada GPP standarti joriy qilindi.

Taqdimot davomida import qilinayotgan dorilarning referent narxlarini şakllantirişda turli manipulyatsiyalarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar va takliflar böyiça axborot berildi. Hozir 7,6 mingta import dori vositasidan 4,9 mingtasi referent mamlakatlarning narx reyestrida mavjud emas.

Taklif etilayotgan çora-tadbirlarga köra, 2026 yil 1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi örtaça 40-50 foizga tuşişi kutilmoqda.


Taqdimot davomida farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oşiriş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida ham axborot berildi.

Şifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qiliş maqsadida endi barça davlat xaridlari “farma.xarid.uz” maxsus elektron tizim orqali amalga oşiriladi.


Mazkur elektron tizim işga tuşirilganidan söng davlat xaridlarida faqat işlab çiqariş, yetkazib beriş va mahsulot xavfsizligi böyiça barça zarur sertifikatlarga ega iştirokçilar qatnaşa oladi.

Davlat xaridlari hajmlari hamda tegişli sertifikatlarga ega işlab çiqaruvçilar va distribyutorlar reyestrlari jamoatçilik uçun oçiq böladi.


Davlat xaridlari jarayonida mahsulotlarning narxi belgilangan referent narxlaridan yuqori bölmasligini uşbu tizimda avtomatik tarzda tekşiriladi.


Davlat rahbari 2026 yil 1 yanvarga qadar uşbu tizim doirasida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlar ehtiyojlarini şakllantiriş hamda qoldiqlarni samarali boşqariş böyiça maxsus platformani işlab çiqiş böyiça körsatmalar berdi.

Prezidentga, şuningdek, aholini sifatli, xavfsiz va samarador dori vositalari bilan taminlaş maqsadida dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat röyxatidan ötkazişning yangi tartibi taqdimot qilindi.

Unga köra, dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali işlab çiqariş yölga qöyiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy işlab çiqaruvçilarning quvvatlaridan foydalangan holda işlab çiqariş va tezlaştirilgan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş imkoni yaratiladi.


Yangi turdagi, biotibbiy hujayra mahsulotlar qatoriga kirgan, şikastlangan töqimalarni davolaş, azolarning qismlarini östiriş, organizmning funktsional imkoniyatlarini tiklaş uçun qöllaniladigan dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq qiliş imkoniyati yaratiladi.


“Djenerik” dori vositalarining klinik sinovlarini ötkaziş va natijalarini baholaş xalqaro standartlarga muvofiq amalga oşiriladi hamda ularni röyxatdan ötkaziş muddatlari qisqartiriladi.

Endi xavfsizlik klassifikatsiyasi böyiça 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, ölçov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan ötkazilmaydi.

Prezident bildirilgan takliflarni maqullab, 2025 yil yakuni böyiça 166 million dollarlik 32 ta investitsiya loyihasini töliq işga tuşirib, 1500 ta yangi iş örinlarini yaratiş, mahsulot işlab çiqariş va eksport hajmini yanada oşiriş, retseptli dorilarning narxini tuşiriş böyiça aniq körsatmalar berdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: