Xorazmlik ijodkorlar — “Oltin kuz” forumi ğoliblari!
6-11-2025, 07:16
178 марта
Xorazmlik ijodkorlar — “Oltin kuz” forumi ğoliblari!Respublikamizda madaniyat va sanat sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoşlar va yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, ularni ijodiy jarayonlarda birlaştiriş, bilim va könikmalarini oşiriş hamda istedod va qobiliyatlarini yanada rivojlantiriş maqsadida joriy yilning 31 oktyabr — 4 noyabr kunlari Toşkent şahrida “Oltin kuz” iqtidorli yoşlar forumi yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur forum doirasida ötkazilgan “Eng yaxşi spektakl” hamda “Eng yaxşi qöğirçoq teatri spektakli” respublika tanlovlarida Xorazm viloyati musiqali drama teatri va Xorazm viloyati qöğirçoq teatri jamoalari özlarining yuqori saviyadagi çiqişlari bilan 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
Bu yutuq — Xorazm viloyati madaniyat va sanat sohasida faoliyat yuritayotgan yoş ijodkorlarimizning fidoyiligi, mehnatsevarligi va yuksak ijodiy salohiyatining amali ifodasidir.



