Poçta va kurerlik jönatmalari uçun yangi bojxona tartibi tasdiqlandi
7-11-2025, 15:13
108 марта

Poçta va kurerlik jönatmalari uçun yangi bojxona tartibi tasdiqlandi
Hukumatning 700-son (06.11.2025 y.) qarori bilan “Xalqaro poçta va kurerlik jönatmalarini bojxona nazorati va rasmiylaştiruvidan ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. Hujjat xalqaro poçta va ekspress jönatmalardagi tovarlarni bojxonada şaffof va standartlaşgan tartibda rasmiylaştirişni közda tutadi.Poçta va kurerlik jönatmalari orqali yuboriladigan yoki olib kiriladigan tovarlar bojxona nazoratidan ötkaziladi. Poçta aloqasi operatori va ekspress taşuvçi jönatmalarni bojxona organlariga közdan keçiriş/körik uçun taqdim etadi.
Jönatmalar bojxona nazoratida taşiş şartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postigaça yetkaziladi. Taşiş, yuklaş/qayta yuklaş, tuşiriş, saqlaş va şu kabi yuk operatsiyalari bilan boğliq xarajatlar operator yoki ekspress taşuvçi hisobidan qoplanadi.
Jönatmalar xavfni boşqariş tizimi asosida jönatmalar deklaratsiyasi orqali uç yölakdan birida rasmiylaştiriladi:
qizil yölak — hujjat va tovarga töliq batafsil tekşiruv;
sariq yölak — hujjatlar ekspertizasi, zaruratda qöşimça izoh/tasdiq;
yaşil yölak — tezkor ötkaziş, minimal aralaşuv.