Xorazmlik tibbiyot xodimlari Prezident farmoni bilan mukofotlandilar
9-11-2025, 20:28
1 581 марта
Xorazmlik tibbiyot xodimlari Prezident farmoni bilan mukofotlandilarÖzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş tizimi xodimlarini rağbatlantiriş töğrisidagi farmoniga köra, mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantiriş, aholi salomatligini muhofaza qiliş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş yölida samarali mehnat qilgan bir qator soha vakillari davlat mukofotlariga sazovor böldilar.
Xususan, Xorazm viloyati tibbiyot tizimida faoliyat yuritayotgan bir neçta fidoyi şifokor va hamşiralar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar:
🏅 «Mehnat şöhrati» ordeni bilan:
- Yaqubova Rano Abdullayevna — Tuproqqala tumanidagi “Şixlar” oilaviy şifokorlik punkti mudiri.
🏅 II darajali «Salomatlik» ordeni bilan:
- Aliyeva Jamila Azadovna — Xiva şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasi şifokor-onkoginekologi.
«Soğlom turmuş» medali bilan:
- Polvanova Adolat Otaboyevna — Yangiariq tumani tibbiyot birlaşmasining reanimatsiya bölimi katta hamşirasi.
- Jumanov Zoir Yuldaşoviç — Respublika tez tibbiy yordam markazining Gurlan tumani bölimi haydovçisi.
Bu mukofotlar soha fidoyilarining xalq salomatligini muhofaza qilişdagi fidokorona xizmatlariga yuksak etirof sifatida berildi.
Prezident farmonida takidlanganidek, mazkur mukofotlar tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va malakasini, fidoyiligini va jonkuyarligini yanada oşirişga xizmat qiladi.