USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

227 марта

Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputatlari 11 noyabr kuni islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.
Qonun loyihasi islomiy bank faoliyatini yölga qöyişga qaratilgan

Uşbu qonun loyihasi prezidentning 2023 yil 5 sentyabrdagi qarori hamda 2024 yil 30 avgustdagi farmoni ijrosini taminlaş maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar kömagida işlab çiqilgan. Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksi, Fuqarolik kodeksiga hamda sakkizta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oşirişning huquqiy asoslarini belgilovçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda. Qonun loyihasida islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyani joriy qiliş nazarda tutilib, mazkur litsenziyani oliş böyiça aniq talablar belgilanmoqda. Mazkur litsenziya bilan tölaqonli islomiy bank ham, ananaviy bankda islomiy darça ham taşkil qilsa böladi. Banklar tomonidan amalga oşiriladigan islomiy moliya operatsiyalari, jumladan, murobaha, muzoroba, muşaraka, vakalla, salam kabi operatsiyalarning asosiy jihatlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasining ahamiyati
Deputatlarning takidlaşiça, qonun loyihasi bilan islomiy moliya operatsiyalariga soliq soliş böyiça tegişli tartibning joriy qilinayotgani moliyalaştirişga oid xizmatlar kölamining oşişiga katta turtki beradi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi mamlakatda islomiy bank xizmatlarini bosqiçma-bosqiç joriy etişga, yaşirin iqtisodiyot uluşini kamaytirişga hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qiladi.

Özbekistonda islomiy bank va moliya infratuzilmasini yaratiş rejalari
Bu haqda mamlakatda 2018 yildan beri aytib kelinadi. 2023 yilning iyun oyida Toşkent şahrida ötkazilgan xalqaro forumda Apex bank boşqaruvi raisi Bahrom Nömonov: “Özbekiston aholisining 20 foizi diniy sabab bilan ananaviy kredit tizimidan foydalanmaydi”, deb aytgandi.
“Özbekiston-2030” strategiyasida respublikada islom moliyasi qonuniy asoslarini şakllantiriş hamda tartiblarini joriy etiş belgilangan. Mamlakatda islom moliyasi joriy etilişi natijasida qariyb 10 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinişi, 100 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilişi mumkin.
2024 yil dekabrida Özbekiston Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar kengaşiga azo bölgandi. Mazkur taşkilotga azolik boşqa mamlakatlar tajribasini örganiş va Özbekistonda islomiy moliya institutlari faoliyatini tartibga soliş va nazorat qiliş sohasida ilğor xalqaro tajribani joriy etiş imkonini beradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: