USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kelasi yildan Toşkentdan Xivaga tezyurar elektropoyezd qatnaydi

580 марта

Kelasi yildan Toşkentdan Xivaga tezyurar elektropoyezd qatnaydi

JamiyatMasullarga Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelib, ulardan birinçisini kelgusi yilda “Toşkent – Urganç – Xiva” yönalişida qatnovga qöyiş topşirildi. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev temiryöl sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusi yillar uçun rejalar bilan tanişişi çoğida aytildi.


Qayd etilişiça, temiryöl tarmoğida boşlangan keng kölamli transformatsiya jarayonlari özining ijobiy natijalarini bera boşlagan. Ötgan yilni tarmoq ilk bor sof foyda bilan yakunlagan, joriy yilning birinçi töqqiz oyida sof foyda 800 milliard sömdan oşgan. Tranzit va yölovçi taşiş, eksport va investitsiya hajmlari ösib bormoqda.
Taqdimotda bu natijalar bilan çeklanmay, aholi soni va iqtisodiyot ösişiga mos ravişda temiryöl transporti xizmatlarining sifati hamda qamrovini kengaytiriş, tarmoqda xarajatlarni qisqartirişni davom ettiriş zarurligi takidlangan.
Xususan, transport hisobidan boşlab, harakat oqimigaça bölgan barça bosqiçlarda suniy intellekt asosida nazorat örnatiş orqali xarajatlarni tahlil qiliş, yöl qöyilayotgan yöqotişlarni aniqlaş va şu asosda tannarxni 20 foizga kamaytiriş mumkinligi qayd etilgan.

2026-2030 yillarda yölovçi va yuk taşiş hajmini kamida ikki barobarga oşiriş zarurligi körsatib ötilgan.
Buni taminlaş uçun 151 kilometr yangi temiryöl quriş, 182 kilometr masofadagi yöllarni elektrlaştiriş, şuningdek, 27 ta mavjud stantsiya va 1 ming kilometr yölni modernizatsiya qiliş rejalari haqida malumot berilgan.
Jumladan, “Nurafşon – Pskent – Böka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” va “Xovos – Daştobod” yönalişlarida elektrlaştirilgan yangi temiryöllar quriladi. “Qumqörğon – Quduqli”, “Samarqand – Urgut” va “Baytqörğon – Parkent” yöllarini elektrlaştiriş, “Toşkent – Samarqand”, “Töqimaçi – Angren” va “Angren – Pop” yöllarining ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş rejalaştirilgan.
Respublika böylab şaharlar atrofida qatnaydigan poyezdlar harakatini faollaştiriş maqsadida mavjud 40 ta yönalişga qöşimça yana 15 ta yangi yönaliş oçiş taklif qilingan.
 
Xususan, “Toşkent – Nurafşon – Ohangaron – Angren”, “Navoiy – Zarafşon – Uçquduq”, “Qöqon – Namangan – Andijon – Marğilon”, “Termiz – Qumqörğon – Boysun – Darband”, “Nukus – Şovot – Urganç – Xiva”, “Jizzax – Döstlik – Aydar-Arnasoy köli”, “Qarşi – Şahrisabz” kabi yönalişlarda şahar atrofi qatnovlarini yölga qöyiş orqali aholining kundalik safarlari uçun qulay şaroit yaratilişi qayd etilgan.
Yiğilişda yuqori tezlikda harakatlanuvçi tarmoqni kengaytiriş masalasiga ham töxtalib ötilgan. Uzunligi 102 kilometrlik “Navoiy – Buxoro” temiryöl liniyasini foydalanişga kiritişni jadallaştiriş topşirildi. Bu yölning işga tuşişi yuk va yölovçi taşişda vaqt va xarajatlarni sezilarli qisqartirişga xizmat qilişi takidlangan.
Kelgusi yillarda yangi oçiladigan yönalişlar va qurilayotgan yöllar uçun lokomotiv va vagonlar parkini kengaytiriş böyiça ham rejalar bayon etilgan.

Jumladan, Xitoydan 38 ta magistral lokomotiv, 50 ta manyovrli va gibrid manyovrli lokomotiv xarid qiliş nazarda tutilgan. Koreyaning “ Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelib, ulardan birinçisini kelgusi yilda “Toşkent – Urganç – Xiva” yönalişida qatnovga qöyiş topşirildi. Bu orqali yönalişda yöl vaqti hozirgi 14 soatdan 7,5 soatgaça qisqarişi kutilmoqda.

Şuningdek, Özbekistonda 250 ta zamonaviy yölovçi vagonlarini quriş, şaharlararo qatnaydigan 23 ta elektr poyezdini xarid qiliş orqali yölovçilarga şaroitlar kengaytiriladi. 10 mingta yuk vagonlarini quriş, 6 mingdan ziyodini tiklaş hamda 12 ta elektrovozni kapital tamirdan çiqariş vazifalari belgilab olindi.
Temiryöl sohasida xususiy şeriklik loyihalarini köpaytiriş zarurligi ham körsatib ötildi.
Yiğilişda “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöl qurilişi böyiça amaliy işlarning borişi ham körib çiqilgan. Prezident mazkur yölning Markaziy Osiyoda transport boğliqligini oşiriş va mamlakatning tranzit salohiyatini yanada mustahkamlaşdagi strategik ahamiyatini alohida takidlab, quriliş işlarining sifatini taminlaş yuzasidan körsatmalar bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: