Özbekistonda jami közi ojizlar soni malum böldi
14-11-2025, 09:55
149 марта

Özbekistonda jami közi ojizlar soni malum böldi
Özbekistonda 2025 yil 1 noyabr holatiga respublika böyiça jami közi ojiz nogironligi bölgan şaxslar soni 25 558 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.13 noyabr — Butunjahon közi ojizlar huquqlarini himoya qiliş kuni. Har yili 13 noyabr kuni dunyo miqyosida közi ojiz insonlarning huquqlarini himoya qiliş kuni sifatida nişonlanadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi körişida nuqsoni bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning mustaqil yaşaşi, talim olişi, mehnat faoliyatida iştirok etişi va ijtimoiy hayotga tölaqonli qöşilişini taminlaş böyiça tizimli işlarni amalga oşirib kelmoqda.
Xususan, 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat körsatiş va tijorat obektlarida tösiqsiz muhit yaratilib, taktil qoplamalar örnatildi. Barça hududlarda 18 ta gavjum çorrahalarda hamda qöşimça 753 ta svetoforlar ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi.
Respublika böylab közi ojiz va zaif köruvçi 3 171 öquvçilar 17 ta maxsus maktabda tahsil olmoqda. 2025-yilning ötgan 10 oyi davomida köz böyiça jami 7 756 nafar muhtoj şaxslar quyidagi reabilitatsiya vosilalari bilan imtiyozli taminlangan:
- köz olmasi protezi (115 ta);
- közi ojizlar hassasi (4 835 ta);
- brayl alifbosi (101 ta);
- brayl alifbosi uçun yozuv moslamasi (111 ta);
- ovozli tonometr (3 588 ta);
- ovozli termometr (3 243 ta);
- ovozli glyukometr (162 ta).