USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkent sammitida kimlar qatnaşişi malum böldi

139 марта

Toşkent sammitida kimlar qatnaşişi malum böldi 

Joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uçraşuvi bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. 
​
Sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, şuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze iştirok etadi.

Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, ustuvor sohalarda qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari örin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.
Maslahat uçraşuvi yakunlariga köra köp tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami qabul qilinişi kutilmoqda.

Mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlaşuvlarini ötkaziş taşabbusi Özbekiston yetakçisi tomonidan 2017 yilning sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Özbekistonning uşbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvçi 20 dan ortiq yirik tadbirlar ötkazildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: