Özbekiston Prezidenti "INNOPROM" xalqaro körgazmasini borib kördi
28-04-2025, 17:51
259 марта
Özbekiston Prezidenti "INNOPROM" xalqaro körgazmasini borib kördi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Toşkent şahrida iş boşlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beşinçi xalqaro sanoat körgazmasiga taşrif buyurdi.
Körgazma “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida ötkazilmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod. Unda Rossiya, Markaziy Osiyodagi qöşni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlardan 10 mingdan ortiq delegatlar iştirok etmoqda.
Körgazmada maşinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, quriliş, IT va boşqa tarmoqlardagi yetakçi korxonalarning texnologik yeçimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyiş etilmoqda.
Pavilonlar va ekspozitsiyalarni közdan keçiriş çoğida davlatimiz rahbari iqtisodiy kooperatsiya uçun katta salohiyat va yangi biznes ğoyalar işlab çiqiş uçun yaxşi imkoniyatlar mavjudligini alohida takidladi.
Forum yangi yirik loyihalarni ilgari surişga surat bağişlaşi, uzoq muddatli şeriklik aloqalarini rivojlantiriş va hududlararo hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Tadbir doirasida Özbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisining birinçi örinbosari Denis Manturov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Rossiya delegatsiyasi rahbari Prezidentimizga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ötgan yil may oyida Rossiya Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi yakunida erişilgan kelişuv va bitimlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Tovar ayirboşlaşning ösiş surati saqlanib qolmoqda, ikki mamlakat hududlarini faol jalb etgan holda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, kooperatsiya loyihalari va dasturlarini ilgari suriş, şu jumladan "Innoprom" forumi doirasida özaro muvofiqlaşgan yeçimlarni işlab çiqiş muhimligi takidlandi.
Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uçraşuvda yetakçi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini va faol gumanitar almaşinuvni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Jadal muloqotlarni davom ettiriş, neft-gaz, kimyo, transport, turizm va boşqa sohalarda, şu jumladan Özbekiston hududlaridagi sanoat zonalari doirasida qöşma loyihalarni ilgari surişga kelişib olindi.
"Rosatom" davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçev bilan suhbatda tinç atom sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Qişloq xöjaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qöllaş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Toşkent şahridagi “MIFI” filiali negizida kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari davra suhbatida iştirok etdi. Unda ikki mamlakat hududlari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça aniq rejalarni taqdimot qildila

















