Turkmaniston prezidenti 2 kunlik davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi
15-11-2025, 23:36
487 марта

Turkmaniston prezidenti 2 kunlik davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 16-17 noyabr kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatimizda böladi.Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibiga Özbekiston – Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni, birinçi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytiriş masalalari kiritilgan.
Taşrif doirasida davlat rahbarlari “Şovot-Toşovuz” çegaraoldi savdo zonasining oçiliş marosimida iştirok etişadi.
Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari xalqaro hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşadilar.
Sammit yakunida Qöşma bayonot qabul qilinişi va ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolanişi rejalaştirilgan.
Turkmaniston Prezidenti, şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etadi.