Prezident aholini kömir bilan taminlaş borasida körsatmalar berdi
18-11-2025, 21:38
394 марта

Prezident aholini kömir bilan taminlaş borasida körsatmalar berdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev kömir qazib çiqarişda erişilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.Kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taminlaş maqsadida energetikaning barça tarmoqlari qatori kömir sanoatida ham yangi loyihalar amalga oşirilmoqda, işlab çiqariş quvvatlari va hajmlari köpaytirilmoqda.
2024/2025 yillar kuz-qiş mavsumida qariyb 8,7 million tonna kömir qazib olinib, issiqlik elektr stantsiyalari, byudjet taşkilotlari va aholiga yetkazib berildi.
Taqdimotda 2025/2026 yillar kuz-qiş mavsumida 10 million tonna kömir işlab çiqariş rejalaştirilgani malum qilindi. Buning uçun “Özbekkömir” aktsiyadorlik jamiyati korxonalarining moddiy-texnik bazasi kuçaytirildi, sohada qöşimça işlab çiqaruvçilarning faoliyati uçun şaroitlar yaratildi.
Prezidentimiz mavsum davomida aholini kömir bilan kafolatli taminlaş yuzasidan körsatmalar berdi. Korxonalarni modernizatsiya qiliş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, sohada bozor tamoyillari hamda raqobatni rivojlantirib, mahsulot tannarxini tuşiriş muhimligi qayd etildi.
Taqdimotda uran yönalişidagi yangi investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, geologiya-qidiruv işlarining kölamini kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş masalalari ham körib çiqildi.