Xorazmda kuçli tasir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy savdosi foş etildi
20-11-2025, 15:51
431 марта
Xorazmda kuçli tasir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy savdosi foş etildiBoş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan kuçli tasir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilişiga qarşi qaratilgan tezkor tadbirlar amalga oşirildi. Ularda bir neçta hududlarda dori vositalari şifokor retseptisiz sotilgani foş etildi.
🔹 Zarafşon şahrida
Departamentning şahar bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda, dori savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqaro I.E., fuqaro **M.J.**ga tarkibida kuçli tasir qiluvçi moddalari mavjud bölgan 4 quti “REDUKSIN LIGHT” nomli dori vositasini 2,4 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
🔹 Xorazm viloyatida
Departamentning viloyat boşqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “X.D.” MÇJga tegişli dorixona sotuvçisi N.A., fuqaro **Ş.Ya.**ga tarkibida kuçli tasir qiluvçi moddalari mavjud bölgan 150 dona “BENZONAL” dori vositasini şifokor retseptisiz sotgan paytida uşlangan.
🔹Toşkent şahri, Çilonzor tumanida
Departamentning tuman bölimi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda “A.Ş” MÇJ dorixonasi sotuvçisi G.L., 140 dona “BENZONAL” dori vositasini retseptsiz sotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari asosida jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.