Fuqarolari Özbekistonga vizasiz kira oladigan davlatlar röyxati kengayadi
20-11-2025, 18:49
173 марта
Fuqarolari Özbekistonga vizasiz kira oladigan davlatlar röyxati kengayadiÖzbekiston hududiga kiriş uçun vizasiz rejim joriy etiladigan davlatlar röyxati kengaytiriladi. Bunga yangidan taşkil etilgan Turizm qömitasi masul böladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi faoliyatini taşkil etiş va turizm sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda söz borgan.
Qolaversa, Qömita Taşqi işlar vazirligi, Transport vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Özbekiston hududiga kiriş va uning hududida böliş bilan boğliq tartib-taomillarni soddalaştirişga ham masul böladi.
Jumladan:
• Respublikaning turizm-transport logistikasini rivojlantiriş böyiça puxta işlab çiqilgan takliflarni;
• Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi bilan birgalikda 2026 yil 1 martga qadar Özbekiston Respublikasi turizm sohasini 2040 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi loyihasini işlab çiqiş ham Qömita zimmasiga yuklangan.
Qömita Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026 yil 1 aprelga qadar quyidagilarni nazarda tutuvçi 2030 yilgaça möljallangan turistik xizmatlar bozorlarida marketing strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritişi lozim:
• Milliy turistik mahsulotlarni faol sayohat qiluvçi aholiga ega xorijiy davlatlarda ommalaştiriş;
• turizm sohasida targetlangan reklama tizimini keng joriy etiş.
Qarorga Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasi Madaniy meros agentligi, Qömita bilan birgalikda turistlarni jalb qiliş böyiça qöşimça imkoniyatlarni işga soliş maqsadida 2026-2028 yillarda quyidagi loyiha va çora-tadbirlarni amalga oşirişi belgilangan:
• Samarqand şahridagi eng muhim tarixiy obektlarni boğlovçi 6,6 km uzunlikdagi turistik marşrutni taşkil etiş böyiça “Samarqandning meros yöli” loyihasini;
• aholining turmuş tarzi, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uyğunlaştirgan holda, Xiva şahridagi Içan-qala majmuasini jahonda yagona bölgan immersiv va “aqlli” muzey-şaharga aylantiriş;