Özbekistonga Yevropa Ittifoqi komissarlari taşrif buyurmoqda
26-11-2025, 02:52
99 марта

Özbekistonga Yevropa Ittifoqi komissarlari taşrif buyurmoqda
25-27 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik böyiça komissari Yozef Sikela hamda kengayiş masalalari böyiça komissari Marta Kos Özbekistonda mehmon böladi.YeIning yurtimizdagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berişiça, komissarlar taşrif davomida Yevropa va Markaziy Osiyoni tezkor boğlaşga qaratilgan Trans-Kaspiy transport yölagini rivojlantiriş böyiça say-harakatlarni jadallaştirişga etibor qaratadi.
Uşbu yölak YeIning “Global darvoza” (Global Gateway) investitsiya strategiyasi doirasidagi asosiy taşabbus bölib, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Turkiya, Yevropa va yölak böylab joylaşgan boşqa davlatlarda farovonlik va barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
YeIning yuqori martabali mulozimlari 27 noyabr kuni bölib ötadigan Trans-Kaspiy transport yölagi va özaro boğliqlik böyiça investorlar forumida iştirok etadilar.
Komissar Yozef Sikela esa 26 noyabr kuni ötkaziladigan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo 3-iqtisodiy forumida qatnaşib, mintaqalar örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga etibor qaratadi.
Har ikki yuqori darajadagi anjuman Özbekiston hukumati hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan Toşkentda taşkil etiladi.
Taşrif davomida Yevropa komissarlari bir qator muhim ikki tomonlama va mintaqaviy şartnomalarni imzolaydi, hamkor davlatlarning yuqori darajadagi rasmiylari bilan uçraşadi.
“Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlik bugun har qaçongidan ham mustahkam böldi desam mubolağa bölmaydi. Birinçi bor bölib ötgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammitida elon qilingan 12 milliard yevrolik “Global darvoza” investitsiya paketi va mening joriy yilgi taşrifimdan söng biz endi natijaga yönaltirilgan amaliy işlarga kirişdik. Özbekiston va Yevropa Ittifoqi tomonidan qöşma ravişda taşkil etilayotgan bu ikki forum davlat va xususiy sektor investorlarini birlaştirib, aniq natijalarga erişiş, iqtisodiy ösiş, yangi iş örinlarini yaratiş, xizmatlarga kengroq kiriş va barqarorlikni oşiriş uçun muhim imkoniyat yaratadi”, – deydi Xalqaro hamkorlik böyiça komissar Yozef Sikela.
“Yirik mintaqaviy va global muammolar mavjud transport yöllariga bosim ötkazmoqda. Birgalikda yangi infratuzilma quriş orqali biz özimizga harakat erkinligini oşirişimiz mumkin. Köproq imkoniyatlar – hammamiz uçun köproq mustaqillik demakdir. Xitoy, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qora dengizni Yevropa bilan boğlaydigan temiryöl va portlar orqali konteyner taşiş hajmi 2030 yilga borib uç baravarga, 2040 yilga kelib esa beş baravarga oşirilişi mumkin. Biroq islohotsiz investitsiyalar bölmaydi. Toşkentdagi forum ana şu yönalişdagi bir qadamdir: barçamizga tez harakatlanadigan temir va avtomobil yöllari, çegaralarda qisqa kutiş vaqti, xarajatlarning kamaytirilişi hamda hujjat aylanişining soddalaştirilişi zarur”, – deydi Kengayiş masalalari böyiça komissar Marta Kos.
Trans-Kaspiy transport yölagi va özaro boğliqlik investorlar forumi Yevropa Ittifoqi, Qora dengiz böyi va Markaziy Osiyo davlatlarini bir maydonga töplab, boğliqlik kun tartibini ilgari surişga xizmat qiladi. Anjumanda 2024 yil yanvar oyida Bryusselda ötkazilgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo transport özaro boğliqligi böyiça birinçi investorlar forumida davrida erişilgan natijalarni körib çiqiladi.
Dasturda transport va logistika böyiça sessiyalar bölib, unda normativ uyğunlaştiriş, infratuzilmaga investitsiyalar va savdo yölaklarini raqamlaştiriş kabi özaro boğliqlik jihatlari muhokama qilinadi.