Interpol qidiruvidagi 3 özbekistonlik BAAda uşlandi
26-11-2025, 11:24
316 марта

Interpol qidiruvidagi 3 özbekistonlik BAAda uşlandi
Birlaşgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bölgan fuqarolar Özbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, Toşkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va muvofiqlaştirişi natijasida oğir jinoyatlar sodir etganlik aybi bilan xalqaro qidiruvda bölgan 3 nafar fuqaro Birlaşgan Arab Amirliklaridan Özbekiston Respublikasiga topşirilgan.
Milliy markaziy byurolar örtasidagi uçraşuvlar va muzokaralar davomida şakllangan ikki tomonlama aloqalar transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşga yönaltirilgan barça jihatlarni hisobga olgan holda amaldagi xalqaro bitimlarga asoslangan tarzda jinoyatçilarni topşiriş körsatkiçlarining ösişi kuzatilmoqda.
Olib kelingan şaxslar Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar böyiça qidiruvda bölgan.