“Prezident Olimpiadasi”da oğir atletika böyiça Xorazmlik sportçi bronza medalni qölga kiritdi
27-11-2025, 21:03
175 марта
“Prezident Olimpiadasi”da oğir atletika böyiça Xorazmlik sportçi bronza medalni qölga kiritdiJoriy yilda yoşlar örtasida ötkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining oğir atletika yönalişidagi -81 kg vazn toifasida qizlar örtasida bölib ötgan bellaşuvlar yakuniga yetdi. Qiziqarli va şiddatli bahslardan söng medallar öz egallariga taqdim etildi.
Natijalar quyidagiça böldi:
🥇 1-örin — Sadoqat Abduganiyeva (Toşkent viloyati)
🥈 2-örin — Hulkar Rözoqulova (Qaşqadaryo viloyati)
🥉 3-örin — Amina Şaripova (Xorazm viloyati)
Amina Şaripova bellaşuvda iroda, tayyorgarlik va kuçli raqobat şaroitida munosib iştirok etib, Xorazm viloyati şarafini himoya qildi hamda bronza medalini qölga kiritdi.
Bu natija — Xorazmda sportga qaratilayotgan etibor, yoşlarning imkoniyatlari va murabbiylarning samarali mehnati natijasidir.
Takidlaş joizki, Prezident Olimpiadasi yoşlar örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş va ularni xalqaro arenalarga tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amina Şaripovani hamda uni tayyorlagan murabbiylarni tabriklaymiz!
Uning kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erişişini tilaymiz.
Soğlom va kuçli avlod — yurtimiz kelajagi!




