Endi soliqdan qarzi borlar ham “svet”dan uzilişi mumkin
29-11-2025, 23:44
340 марта

Endi soliqdan qarzi borlar ham “svet”dan uzilişi mumkin
Özbekistonda 1 million sömdan oşgan soliq qarzdorligini undirişda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanişni joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning keça, 28 noyabr kuni qabul qilingan “Soliqlarning yiğiluvçanlik darajasini oşiriş va faol soliq tölovçilarni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Qayd etilişiça, Soliq qömitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 1 yanvardan boşlab Namangan viloyatida yangi soliq boşqaruvi modelini joriy etiş böyiça eksperiment ötkaziş töğrisidagi taklifi maqullangan.
Unga köra, jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer soliği böyiça umumiy summasi 1 million sömdan oşgan soliq qarzdorligini undirişda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanişni joriy etiladi. Şuningdek, soliq organlari faoliyatini baholaşda inson omili tasirisiz avtomatik şakllanadigan eng muhim samaradorlik körsatkiçlarini joriy etişni tizimli davom ettiriladi.
Soliq qömitasi 2026 yil 1 oktyabrga qadar eksperiment natijalari asosida uni boşqa hududlarda joriy etiş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bundan taşqari, endilikda jismoniy şaxslarning soliq qarzi töğrisidagi malumotlari tijorat banklari va tölov taşkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvçilariga ilovaning asosiy sahifasida körinib turadi. Bunda Markaziy bank Soliq qömitasiga amaliy yordam körsatadi.