May oyi köpçilik başorat qilganidek issiq böladimi?
29-04-2025, 22:13
743 марта

"Özgidromet" may oyida kuzatiladigan ob-havo haqida malumot berdi.
1-2 may kunlari Farğona vodiysi viloyatlarida bazi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğir yoğadi, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida yomğir yoğadi, bazi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.
Keyinçalik, may oyining oxirigaça, harorat keçalari 17-22 darajadan 10-15 darajagaça, kunduz kunlari 32-37 darajadan 25-30 darajagaça özgarib turadi.
Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarning ayrim kunlarida respublika böyiça bazi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğirlar yoğadi, bazi joylarda jala xususiyatga ega bölgan mahalliy yomğirlar yoğadi. Hatto bir şahar doirasida ham may oyi yomğirlari bir hududda kuçli yomğir yoğişi va şaharning boşqa çekkasida esa u deyarli sezilmasligi mumkin.
2025 yil may oyida örtaça oylik harorat iqlimiy meyor atrofida, bazi joylarda undan 1-2 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda.