USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston terma jamosi JÇdagi ilk öyinini Meksikada, qolgan ikkitasini AQŞda ötkazadi

246 марта

Özbekiston terma jamosi JÇdagi ilk öyinini Meksikada, qolgan ikkitasini AQŞda ötkazadi

AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida bölib ötadigan 2026-yilgi futbol böyiça Jahon çempionati taqvimi hamda uçraşuvlar ötkaziladigan stadion nomlari malum böldi. Unga köra, Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçidagi ilk öyinini Meksikada ötkazsa, qolgan ikki turni AQŞdagi stadionlarda ötkazadi. 

“Oq börilar” ilk turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi. Bu uçraşuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi. “Oq börilar” ikkinçi turda Kriştianu Ronaldu boşçiligidagi Portugaliya bilan öynaydi. Mazkur bellaşuv AQŞdagi “NRG” stadionida ötadi. Fabio Kannavaro jamoasi oxirgi turdagi uçraşuvni Atlantadagi “Mersedes Benz” stadionda ötkazadi.
  • 1-tur. 17 iyun | Özbekiston - Kolumbiya (“Atsteka” stadioni. Mexiko)
  • 2-tur. 23 iyun | Portugaliya - Özbekiston (“NRG” stadioni. Hyuston)
  • 3-tur. 27 iyun | Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya - Özbekiston (“Mersedes Benz” stadioni, Atlanta)

Foto: ÖFA
Eslatib ötamiz, 5 dekabr, juma kuni Jahon çempionati guruh bosqiçiga qura taşlandi. Unga köra, Özbekiston “K” guruhidan joy oldi. Fabio Kannavaro boşçiligidagi jamoaga Portugaliya, Kolumbiya hamda qitalararo pley-off ğolibi (Kongo – Yamayka/Yangi Kaledoniya) raqiblik qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: