Gurlanlik 1-sinf öquvçisi Özbekiston çempioni böldi!
8-12-2025, 07:57
475 марта
Gurlanlik 1-sinf öquvçisi Özbekiston çempioni böldi!Xorazm viloyati Gurlan tumani Birlaşgan qişloği 31-sonli umumtalim maktabining 1-sinf öquvçisi Ikromov Navrözbek Toşkent şahrida bölib ötgan Jiu-jitsu böyiça Özbekiston çempionatida 1-örinni qölga kiritdi.
Yoş sportçining uşbu muvaffaqiyati nafaqat uning oila azolari, ustozlari, balki butun tuman ahli uçun katta faxr va quvonç böldi. Navrözbekning kiçik yoşiga qaramay, u maşğulotlarda jasorat, qatiyat va mehnatsevarlik bilan ajralib turayotgani takidlanmoqda.
Musobaqa davomida u kuçli raqiblarini mağlub etib, çin manoda çempionlikka loyiq ekanini isbotladi. Uşbu zafar yoşlar orasida sportga bölgan qiziqişni yanada oşirişi şubhasiz.
Navrözbek Ikromovni uşbu yorqin ğalabasi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yoş çempionga kelgusida ham yanada ulkan yutuqlar, zafarli yöl tilaymiz!
