Maktabda karta öynagan öquvçilarning ota-onasi jazolandi
11-12-2025, 15:28
77 марта

Maktabda karta öynagan öquvçilarning ota-onasi jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi 33-umumtalim maktabi öquvçilari maktabda karta öynagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi munosabat bildirdi.Qayd etilişiça, örganiş natijasida joriy yilning 28 noyabr kuni 11-“A” sinfning 7 nafar öquvçisi 5-soat dars maşğuloti tugagandan söng sinf xonasida karta öynagani, ular şu sinf öquvçisi tomonidan videoga olingani aniqlangan.
Xizmat tekşiruvi natijalariga köra, lavozim vazifalarini lozim darajada bajarilmagani, jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilgani uçun öquv va manaviy-marifiy işlar böyiça direktor örinbosarlariga lavozim maoşining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo çorasi qöllanilgan hamda 11-“A” sinf rahbari sinf rahbarligi vazifasidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, Davlatobod tumani IIB tomonidan farzand tarbiyasiga befarqligi hamda nazoratsiz qoldirgani, etiborsizlik qilgani uçun ota-onalarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan eng kam oylik iş haqining 5 barobari miqdorida jarima qöllanilgan.
“Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi mazkur holatni qatiyan qoralaydi hamda bunday qonunbuzarliklarga mutlaqo yöl qöyilmasligi, talim muassasalarida öquv intizomi va tarbiyaviy talablar yanada kuçaytirilişi böyiça aniq çoralar körilganini malum qiladi. Öquvçi tarbiyasi va intizom borasida har qanday loqaydlikka mutlaqo yöl qöyilmasligi bildiriladi”, deyiladi xabarda.