Fuqarolarning ayrim toifalari uçun elektr energiyasi uçun 50 foizgaça imtiyozlar joriy etiş körib çiqilmoqda
12-12-2025, 12:31
988 марта
Fuqarolarning ayrim toifalari uçun elektr energiyasi uçun 50 foizgaça imtiyozlar joriy etiş körib çiqilmoqdaTaklif texnik audit va qöşimça hisob-kitoblar bosqiçidan ötmoqda, mexanizm kelgusi yildan işga tuşirilişi kutilmoqda.
Özbekistonda maişiy istemolçilarning ayrim toifalari uçun elektr energiyasi uçun imtiyozli tariflarni joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Quyidagi istemolçilarga elektr energiyasi uçun amaldagi tariflarning 50%igaça çegirmalar beriş taklif etilmoqda:
• elektr plitalari va töliq elektrlaştirilgan isitiş tizimi bilan jihozlangan, markazlaştirilgan issiqlik taminoti va gaz tarmoqlariga ulanmagan köp kvartirali uylar va yotoqxonalar aholisiga;
• subsidiyalanadigan suyultirilgan gaz, kömir yoki tabiiy gazdan foydalanişdan voz keçiş şarti bilan gazlaştirilmagan hududlar aholisiga.
Imtiyozli tariflarni oylik elektr energiyasi istemoli hajmiga qarab qöllaş taklif etilmoqda:
• isitiş mavsumida - 2000 kVt/soatgaça istemol qilinganda;
• isitiş mavsumidan taşqari - istemol 1000 kVt/soatgaça bölganda.
Qayd etilişiça, mazkur takliflar idoralararo tartibda kelişilgan.
Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qöşimça yuklamani qabul qiliş imkoniyati böyiça texnik audit ötkazilmoqda. Şuningdek, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Özenergoinspeksiya, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgaztaminot" AJ tomonidan qöşimça örganişlar olib borilmoqda.
"Uşbu islohotlar Özbekiston energetika tizimi uçun muhim transformatsion jarayon bölib, xalqaro tajriba şuni körsatadiki, bunday özgarişlar çuqur tahlil, vaqt va yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Jarayonning bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi uning tizim uçun strategik ahamiyati bilan boğliq," - deyiladi vazirlik xabarida.
Hisob-kitoblar va texnik audit yakunlari böyiça umumiy xulosa şakllantiriladi, şundan söng takliflarning amaliyotga joriy etilişi taminlanadi.