USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 100 yoşdan oşgan pensionerlar soni malum qilindi: Xorazmda — 17 nafar

771 марта
Özbekistonda 100 yoşdan oşgan pensionerlar soni malum qilindi: Xorazmda — 17 nafar

Pensiya jamğarmasi malumotlariga köra, 2025 yil 1 dekabr holatiga Özbekistonda nafaqa olayotgan 100 yoşga tölgan va 100 yoşdan oşgan fuqarolar soni 461 nafarni taşkil etmoqda.

Ularning 131 nafari (28,5 foiz) erkaklar, 330 nafari (71,5 foiz) esa ayollardir.

Malumotlarga köra, 100 yoşdan oşgan pensionerlar soni böyiça Qaşqadaryo viloyati (73 nafar) va Surxondaryo viloyati (69 nafar) yetakçi hisoblanadi. Şuningdek, Toşkent va Farğona viloyatlarida ham bu körsatkiç yuqori bölib, har ikki hududda 41 nafardan 100 yoşdan oşgan pensioner qayd etilgan.


 Xorazm viloyatidagi holat

Xorazm viloyatida hozirda 100 yoşdan oşgan 17 nafar pensioner nafaqa oladi. Ulardan:
  • 4 nafari — erkaklar,
  • 13 nafari — ayollar.

Bu körsatkiç bilan Xorazm viloyati respublika hududlari orasida Qoraqalpoğiston Respublikasi (17 nafar) bilan teng natija qayd etgan. Eng kam 100 yoşdan oşgan pensionerlar esa Sirdaryo viloyati (13 nafar) va Navoiy viloyatida (11 nafar) kuzatilmoqda.

Qayd etilişiça, mazkur malumotlar Pensiya jamğarmasining tuman va şahar bölimlarida hisobda turgan fuqarolar asosida şakllantirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: