Xorazmlik iqtidorli öquvçilar xalqaro olimpiadalarda 8 ta bronza medaliga sazovor böldi
15-12-2025, 18:21
254 марта
Xorazmlik iqtidorli öquvçilar xalqaro olimpiadalarda 8 ta bronza medaliga sazovor böldi2025 yil Xorazm viloyati öquvçilari uçun ilmiy yutuqlar yili böldi, deyişga töla asos bor. Viloyatimizdan çiqqan iqtidorli yoşlar joriy yil davomida qator xorijiy davlatlarda ötkazilgan eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda iştirok etib, jami 8 ta bronza medalini qölga kiritişdi.
Joriy yilning 15 dekabr kuni Maktbgaça va maktab talimi vazirligi hamda Fan olimpiadalari markazi tomonidan xalqaro olimpiada ğoliblari va ularni tayyorlagan ustozlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Uşbu tadbirda yurtimiz talim tizimida yuqori natijalarga erişgan öquvçilar munosib etirof etildi.
2025 yil davomida ötkazilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda iştirok etib, bronza medaliga sazovor bölgan xorazmlik öquvçilar quyidagilar:
- 🥉 Şeripboyeva Bonu Ermat qizi — Urganç şahri 1-son ixtisoslaştirilgan maktab-internati, 9-sinf;
- 🥉 Farhodov Oybek Faxriddin öğli — Boğot tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 9-sinf;
- 🥉 Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor öğli — Boğot tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 11-sinf;
- 🥉 Rajabov Dilşodbek Hasan öğli — Hazorasp tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 11-sinf;
- 🥉 Kupalov Şohjahon Muzaffaroviç — Xiva şahridagi Prezident maktabi, 8-sinf;
- 🥉 Tairov Tohirjon Mardonbek öğli — Yangiariq tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 8-sinf;
- 🥉 Muratbayev Bunyodbek Xursandbek öğli — Yangibozor tuman ixtisoslaştirilgan maktab-internati, 8-sinf;
- 🥉 Erkinov Azizbek Alişer öğli — Qöşköpir tuman ixtisoslaştirilgan maktabi, 10-sinf.[spoiler][/spoiler]
Uşbu natijalar Xorazm talim tizimida olib borilayotgan samarali işlar, öquvçilarning bilimga bölgan intilişi hamda ustozlarning fidokorona mehnati samarasi ekani şubhasiz.
Ğalabaga erişgan barça öquvçilarga kelgusidagi öqiş va faoliyatlarida ulkan omad tilaymiz. Şuningdek, ularni tayyorlagan öqituvçilarga ham çuqur minnatdorçilik bildiramiz.






