Şavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy taşrifini imperator Naruxito bilan uçraşuvdan boşladi
19-12-2025, 08:20
168 марта

Prezident Şavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoga çuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi Özbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni izçil qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik izhor etdi.
Şuningdek, tomonlar özbek va yapon xalqlarini geografik jihatdan olis masofa ajratib tursa-da, mentalitet, urf-odatlar va oilaviy qadriyatlar öxşaşligi, hamda ildizlari Buyuk Ipak yöli davriga borib taqaladigan tarixiy aloqalar boğlab turganini qayd etdilar.


Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, talim, kadrlar tayyorlaş va madaniy-gumanitar almaşinuvlar yönalişida kengayib borayotgani takidlanib, bugunga qadar 3 mingdan ortiq özbekistonlik mutaxassis Yaponiyada amaliyot ötagani, 440 nafardan ziyodi stipendiya asosida oliy malumot olgani, Özbekistondagi 7 ta universitetda yapon tili öqitilayotgani keltirildi.

Taşrif doirasida Tokioda “Özbekiston madaniyati kunlari” ötkazilgani, kelgusi yili esa Yaponiyaning bir neçta şaharlarida Özbekiston madaniyati va tarixiga bağişlangan arxeologik körgazma taşkil etilişi rejalaştirilgani bildirildi.

Uçraşuv yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif qildi.