Yaponiya Boş vaziri Markaziy Osiyo yetakçilari uçun ziyofat uyuştirdi
19-12-2025, 18:16
251 марта

Yaponiya Boş vaziri Markaziy Osiyo yetakçilari uçun ziyofat uyuştirdi
Bugun, 19 dekabr kuni Tokioga taşrifining birinçi kuni yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Boş vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari şarafiga ötkazilgan rasmiy qabul marosimida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Özbekiston yetakçisini Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi kutib oldi.
Tadbirda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.

Özbekiston rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinçi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlari ertaga, 20 dekabr kuni bölib ötadi.

Tadbir doirasida “yaşil iqtisodiyot” va barqaror taraqqiyot, özaro boğliqlik va mintaqaviy şeriklikni mustahkamlaş hamda inson resurslarini rivojlantiriş kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. Sammit yakunlari böyiça Tokio deklaratsiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan.